Jamiyat | 12:33 / 01.10.2018
10717
2 daqiqa o‘qiladi

KUN.UZ tahririyati barcha o‘qituvchi va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklaydi

Ustoz – shunday ulug‘ zotki, u har kimning qo‘liga umri so‘ngiga qadar o‘chmaydigan mash'ala beradi. Chunki hayot yo‘llari yorug‘likdan, gohida esa zulmatdan iboratdir. Shu bois ustozlarimiz bizga bergan mash'ala – ilm zulmatli kunlarni yorituvchi bo‘lib xizmat qiladi. Ustozlar ana shunday fazilat sohiblaridir.

Bugun, 1 oktabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab o‘qituvchi va murabbiylar kuni keng nishonlanmoqda. Bizga saboq bergan, hayotiy bilimlari bilan o‘rtoqlashgan, savodli, ruhan barkamol bo‘lishimizga o‘zlarining juda katta hissalarini qo‘shgan, ulkan sabr-toqat va matonat ila bizni tarbiyalagan ustozlarimiz, murabbiylarimiz uchun qancha yaxshi tilak bildirsak shuncha oz. Qancha bayramlar qilib bersak shuncha kam. Chunki ular bunga munosib, bundan ortig‘igada munosib...

Har bir kasb egasining o‘z o‘qituvchisi, murabbiyi bo‘lgani kabi jurnalistlarning ham ana shunday bebaho ustozlari bor. KUN.UZ tahririyati 1 oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan yurtimizda faoliyat yuritayotgan barcha ustozlar qatori, jurnalistika saboqlaridan bahramand qilgan, uning sir-asrorlarini o‘rgatgan, o‘zbek jurnalistika taraqqiyotiga hissa qo‘shgan, hamon qator-qator shogirdlar yetishtirib berayotgan ustozlarni kasb bayrami bilan tabriklaydi. Bu zotlarga tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik, ishlariga muvaffaqiyat tilaydi.

Mavzuga oid