O‘zbekiston | 11:57 / 02.10.2018
19494
2 daqiqa o‘qiladi

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li “Vaqf” fondida rahbarlik lavozimlaridan biriga tayinlandi

Foto: Xalqaro press-klub

Toshkent shahrida joylashgan “Shayx Zayniddin” (Ko‘kcha) jome masjidining sobiq imom-xatibi Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li O‘zbekiston Musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondiga maxsus lavozimga tayinlangan. Bu haqda KUN.UZ manbasi xabar bermoqda.

“Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li “Vaqf” xayriya jamoat fondining diniy-ma'rifiy targ‘ibot bo‘limiga rahbar etib tayinlanganlar. Yaqin kunlar ichida ommaviy axborot vositalari orqali chiqish qiladilar”, - deydi KUN.UZ’ga berilgan ma'lumotda.

Xabarlarga ko‘ra, ayni kunda Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li davolanish kurslarida, shu sabab hali yangi vazifasida ish faoliyatini boshlamagan.

Ma'lumot o‘rnida: Eslatib o‘tamiz, 20 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbari, muftiy Usmonxon Alimov buyrug‘i asosida Toshkentdagi «Shayx Zayniddin» masjidi imom xatibi Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li o‘z vazifasidan ozod etilgandi.

Mavzuga oid