O‘zbekiston | 21:00 / 02.10.2018
5693
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning Novosibirskdagi konsuli tayinlandi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

Yusup Kabuljonov O‘zbekiston Respublikasining Novosibirsk shahridagi bosh konsuli etib yuborildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, u ilgari TIVning madaniy-gumanitar hamkorlik bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi bosh konsulxonasi konsullik okrugiga Rossiya Federatsiyasining quyidagi hududlari kiradi:

- Sibir federal okrugi (Oltoy Respublikasi, Gorno-Altaysk, Oltoy o‘lkasi, Buryatiya Respublikasi, Zabaykale o‘lkasi, Irkutsk oblasti, Kemerovo oblasti, Krasnoyarsk o‘lkasi, Novosibirsk oblasti, Omsk oblasti, Tomsk oblasti, Tuva Respublikasi, Xakasiya Respublikasi);

- Ural federal okrugi (Kurgan oblasti, Sverdlovsk oblasti, Tyumen oblasti, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi-Yugra, Chelyabinsk oblasti, Yamal-Nenets avtonom okrugi);

- Uzoqsharq federal okrugi (Amur oblasti, Yahudiy avtonom oblasti, Kamchatka o‘lkasi, Magadan oblasti, Primorsk o‘lkasi, Saxa Respublikasi (Yoqutiston), Saxalin oblasti, Xabarovsk o‘lkasi, Chukotka avtonom okrugi).

Yuqorida ko‘rsatilgan hududlarda yashovchi O‘zbekiston fuqarolari konsullik masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Novosibirsk shahridagi bosh konsulligiga murojaat qilishlari mumkin.     

Mavzuga oid