O‘zbekiston | 09:00 / 03.10.2018
11182
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«International Paper» - sifatli qog‘oz mahsulotlari qo‘shni davlatlarga eksport qilinmoqda

«International Paper» xususiy korxonasi 10 yildan oshiq vaqt davomida sanitar-gigiyenik mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelmoqda. Korxona ishlab chiqarayotgan hojatxona qog‘ozi, salfetkalar va qog‘oz sochiqlar nafaqat O‘zbekiston bozorida, balki qo‘shni davlatlarda ham yaxshi tanilgan.

Foto: International Paper

Korxonamiz mahsulotni «nol»dan, ya'ni xomashyo sifatida sellyuloza yoki makulaturadan foydalangan holda ishlab chiqaradi. Buning uchun biz ishlab chiqarishda yangi rusumdagi, «kreschen-former» turidagi qog‘oz ishlab chiqaruvchi uskunadan foydalanamiz. Bu uskunada ishlab chiqarilgan sanitar-gigiyenik qog‘oz, hojatxona qog‘ozi, qog‘oz salfetkalari va boshqa qog‘oz mahsulotlari uchun xomashyo (polufabrikat) sifatida ishlatiladi. Sanitar-gigiyenik qog‘ozimiz sifati yuqori bo‘lgani uchun biz qo‘shni davlatlar bozorida ham boshqa xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan yetarli darajada raqobatlasha olyapmiz. Mahsulotlarimiz Markaziy Osiyo davlatlari, Ozarboyjon va Afg‘onistonga eksport qilinadi. Kelajakda Rossiya va Yaqin Sharq davlatlari bozoriga kirib borishni rejalashtiryapmiz. Hozirgi paytda korxona mahsulotlari sotish tarkibida 80 foizgacha eksport turibdi.

Foto: International Paper

Mamlakatimizda prezidentimiz o‘tkazayotgan iqtisodiy islohotlardan ruhlangan holda hamda xalqimizning sifatli mahsulotlarga nisbatan o‘sib borayotgan ehtiyojini qondirish maqsadida joriy yilda ishlab chiqarishni keng ko‘lamda modernizatsiya qilishni boshladik. Modernizatsiyaga sarf qilinadigan investitsiyalar qiymati taxminan 10 million AQSh dollarini tashkil qiladi. Shu maqsadda Italiya va Germaniya kompaniyalaridan konverting uchun zamonaviy uskunalarni sotib oldik. Bunda bizga «KDB Bank O‘zbekiston» AJ va «O‘zsanoatqurilishbank» ATB yordam ko‘rsatdi. Hozirgi vaqtda yangi sanitar-gigiyenik qog‘oz ishlab chiqaruvchi uskuna sotib olish bo‘yicha sa'y-harakatlarni boshlab yubordik. Uskuna narxi 3 million AQSh dollarini tashkil qiladi va u Xitoy Xalq Respublikasidagi yetakchi korxonalardan biri tomonidan ishlab chiqariladi. Uni sotib olishda biz «UzbekLizingInternational A.O.» kompaniyasining lizing xizmatidan foydalanishga qaror qildik. Chunki biz bu kompaniya bilan ko‘p yillik hamkorlik tajribasiga egamiz. Bu kompaniya bilan amalga oshirilgan barcha loyihalarimiz omadli chiqqan.

Foto: International Paper

Yangi uskuna bir kunda 60 tonnagacha sanitar-gigiyenik qog‘oz ishlab chiqarish quvvatiga ega, bir yilda bu 20 ming tonna mahsulot deganidir. Bu uskuna 2019 yilning 4-choragida ishga tushirilishi rejalashtirilgan, shunda korxonamizning ishlab chiqarish quvvati 60-70 foizga oshadi. Buning evaziga biz nafaqat mahsulot hajmini oshiramiz, balki uning turini ham ko‘paytiramiz.

Yuqorida aytilganidek, sanitar-gigiyenik qog‘oz qog‘oz mahsulotlari uchun xomashyo sifatida ishlatiladi. Biz ishlab chiqarilayotgan sanitar-gigiyenik qog‘oz mahsulotining barchasini o‘z korxonamizda qayta ishlamaymiz, mahsulotning bir qismi boshqa ishlab chiqaruvchilarga sotiladi. Buning natijasida boshqa kompaniyalar ham ishlab chiqarish quvvatini oshirishi uchun imkoniyat paydo bo‘ladi, hatto yangi kompaniyalar ham tuzilishi mumkin. Shunday qilib, biz ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish orqali respublikada yangi ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qilamiz.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid