Jahon | 07:46 / 03.10.2018
11726
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Trampga shubhali konvert yuborildi

Foto: REUTERS

AQShda davlatning birinchi shaxslarini qo‘riqlashga mas'ul bo‘lgan maxfiy xizmat shubhali konvertni aniqladi, u mamlakat prezidenti Donald Trampga mo‘ljallangan bo‘lgan. Bu haqda The Hill yozmoqda.

Ta'kidlanishicha, konvert 1 oktabr kuni yetkazilgan, biroq Oq uy binosiga kiritilmagan. Ayni damda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Pentagon rahbari Jyeyms Mettis va AQSh harbiy-dengiz kuchlarida harbiy-dengiz amaliyotlariga rahbarlik qiluvchi  admiral Jon Richardsonni konvertlardagi zaharli modda yordamida zaharlashga urinishgani haqida turli xabarlar tarqalgandi. 

Mavzuga oid