Dunyo liftlari: ulardan qay biri eng g‘aroyib?
Ilk liftlar eramizdan oldin paydo bo‘lgan. Misrda piramidalar qurilishida foydalanilgan qurilmalarni zamonaviy konstruksiyalarning ajdodi deb atash mumkin. Hozirda liftlar haqiqiy san'at asariga aylandi. Ulardan eng g‘aroyiblari haqida so‘z yuritamiz.
Elevador de Santa Justa
U Lissabonda, shaharning qoq markazida joylashgan. Kabinadan turib kuzatiladigan manzara kishini lol qoldiradi. Aynan shu sayyohlarni o‘ziga jalb etadi. Mahalliy aholi bir maydondan ikkinchisiga katta tepalik orqali o‘tishadi. Mazkur ko‘tarish qurilmasi 1902 yildan beri ishlaydi. Sig‘imi – 29 nafar kishi.
Elevador Lacerda
U Braziliyaning sobiq poytaxti – Salvadorda joylashgan. Qurilma sabab tarixiy markazdan ishbilarmonlik tumanlariga muammosiz yetib olish mumkin. Jami kabinalar soni – 4 ta. Bir vaqtning o‘zida 32 kishi sig‘adi. Umumiy balandlik – 70 metrdan ortiq. Bu yerda yo‘l haqi pullik.
Louvre
Ehtimol fransuz qirollari Luvr bu kabi zamonaviy qurilmaga ega bo‘lishini xayollariga ham keltirishmagan bo‘lsa kerak. Lift poldan “o‘sib chiqadi”. Kabinaga 10 tagacha kishi sig‘adi. Istovchilar saroy intererini tomosha qilishlari uchun lift sekin harakatlanadi
SkyTower
Bu televizion minora – Yangi Zelandiyaning ramzi. 200 metr balandlikda joylashgan tomosha maydoniga ko‘tarma qurilmasi yordamida chiqish mumkin. To‘g‘ri, u juda tez yuradi. Bir daqiqadan kam vaqt davomida eng yuqorida bo‘lib qolasiz.
Baylong
Dunyodagi eng baland lift hisoblanadi. Ushbu xitoy liftining balandligi – 330 metr! Uning vazifasi – sayyohlarni tomosha maydoniga yetkazish. Ichkaridagi 3 ta kabina shaffof devorlarga ega. Shuning uchun bir vaqtning o‘zida manzaradan bahramand bo‘lish ham mumkin.
Folker g‘ildiragi
G‘aroyib qurilma Shotlandiyada joylashgan. U kemalar uchun lift hisoblanadi. U Fort-Klayd va Yunion kanallari orasidagi kemalarni o‘ziga joylashtiradi. 180 darajaga aylana oladi.
Mavzuga oid
19:26 / 03.07.2024
Lift importi yuzasidan hukumatga takliflar berilgan - Raqobat qo‘mitasi
14:53 / 15.06.2024
Senat aralashuvi bilan bojxonada qolib ketgan liftlar chiqarildi, lekin muammo hal bo‘lmadi
07:52 / 10.06.2024
Shengen vizasini berish nega rad etiladi? Yevroittifoq vakili bilan suhbat
20:50 / 26.04.2024