O‘zbekiston | 00:10 / 04.10.2018
68309
1 daqiqa o‘qiladi

Komil Allamjonov Prezident matbuot kotibi lavozimidan ozod etildi

Komil Allamjonov Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari - O‘zbekiston Respublikasi prezidenti matbuot kotibi lavozimidan ozod etilgan. Bu ma'lumotni «Kun.uz»ning bir necha manbalari tasdiqladi.

Allamjonov 2017 yilning dekabrida prezident matbuot kotibi va prezident devoni rahbari o‘rinbosari lavozimlarini egallagandi.

2018 yilning 27 avgustida esa prezident Shavkat Mirziyoyevning «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbar xodimlarini lavozimga tayinlash to‘g‘risida»gi farmoni bilan Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari – Prezident matbuot kotibiga aylangandi.

Hozircha Allamjonovning ishdan olinishi sabablari va keyingi faoliyati haqida ma'lumotlar yo‘q.

Mavzuga oid