Jahon | 15:10 / 06.10.2018
16533
1 daqiqa o‘qiladi

Jon Kerri «Eronni bombardimon qilishni xohlayotganlar» haqida gapirdi

Foto: AP

AQSh sobiq davlat kotibi Jon Kerrining ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlarning Eron yadroviy bitimidan chiqib ketishi mamlakatlar o‘rtasidagi harbiy qarama-qarshilik xavfini oshirdi. Kerrining so‘zlari Press TV tomonidan keltirilgan.

Sobiq davlat kotibi Xalqaro munosabatlar bo‘yicha kengashda so‘zga chiqib, shunday bayonot berdi.

«Amerika Qo‘shma Shtatlari Eronni bombardimon qilishini xohlayotgan odamlar bor», - deya ma'lum qildi Kerri.

Uning ta'kidlashicha, buning uchun mas'uliyat qisman AQSh prezidenti Donald Trampga ham tegishli, aynan u Eron bilan yadroviy bitimdan voz kechishga qaror qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron AQSh sanksiyalariga qarshi turish mexanizmini ishlab chiqayotgani haqida xabar berilgandi. 

Mavzuga oid