Bojxonachilar kir yuvish kukuni qutisiga yashirilgan poroxni fosh etishdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari «Nukus» temir yo‘l vokzali atrofida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunbuzarlarning qilmishini fosh etishdi.
Bojxona matbuot xizmati «Kun.uz»ga xabar berishicha, A.N va O.S 5ta «Mif 3v1» yozuvli karton qutiga joylangan 2,5 kilogrammga teng bo‘lgan porox va 3072 dona «TsBO-N» nomli kapsyulni qo‘shni davlatdan sotib olib, respublika hududiga yashirincha olib o‘tgan va ularni 1,5 mln so‘m miqdoridagi mablag‘ evaziga shartli xaridorga sotayotgan paytda to‘xtatib qolingan.
Ushbu qonunbuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasi 1-qismi va 248-moddasining 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va sud hukmi bilan fuqaro O.Sga 6 yil, A.Nga nisbatan 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Mavzuga oid
17:56
Tezkor qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari bojdan ozod qilindi
12:37 / 05.11.2024
Sirdaryoda buvi va nevara qariyb 7 kg tilla taqinchoqni chegaradan yashirincha olib kirishga urindi
15:30 / 23.10.2024
9 oyda bojxonada qancha qurol va o‘q-dori ushlab qolingani aytildi
18:08 / 01.10.2024