Jahon | 15:51 / 08.10.2018
7269
2 daqiqa o‘qiladi

Kreml rossiyalik zobitlarning kiberjinoyatlariga munosabat bildirdi

Foto: Novoderejkin Anton / TASS

Kreml Niderlandiya va Amerika Qo‘shma Shtatlarining Rossiya armiyasi zobitlari tomonidan sodir etilgan kiberhujumlarga oid bayonotlari tufayli mamlakat Bosh shtabi hamda Mudofaa vazirligida iste'folar yuz bermasligini bildirdi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 8 oktabr, dushanba kuni ma'lum qildi, deya xabar beradi «Interfaks».

«Bunday turdagi ma'lumotlar, tabiiyki, bunday qaror uchun asos bo‘la olmaydi», - dedi Peskov.

4 oktabrda Vashington yetti nafar rossiyalikni Qo‘shma Shtatlardagi jismoniy va yuridik shaxslarga, shuningdek, butun dunyo bo‘ylab kompaniyalar hamda xalqaro tashkilotlarga kiberhujumlar sodir etishda aybladi. AQSh Adliya vazirligining bildirishicha, ularning hammasi «Rossiya armiyasi zobitlari hisoblanadi».

Ulardan to‘rt nafari Niderlandiya tomonidan Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti (KQTT)ga xakerlik hujumini amalga oshirishga urinishda ayblanmoqda.

Oktyabr oyining boshida ommaviy axborot vositalari APT28 xakerlik guruhining Rossiya razvedkasi bilan aloqasi borligi haqida yozgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sky News GRU agentlariga qarshi ayblovlar Rossiyaga «kamsituvchi zarba» bergani haqida yozgandi.

Mavzuga oid