Jamiyat | 16:51 / 09.10.2018
8553
2 daqiqa o‘qiladi

Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi aholiga murojaat bilan chiqdi

O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi respublika aholisi hamda tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlariga murojaatnoma bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, ob-havoning sovib ketishi natijasida gaz hamda elektr isitish moslamalaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi. Bunday paytlarda ayrim fuqarolarning ehtiyotsizligi oqibatida ko‘ngilsiz hodisalar sodir bo‘lishi mumkin.

Ularning oldini olish maqsadida gaz va elektr uskunalardan hamda isitish moslamalaridan foydalanishda quyidagi yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilish so‘raladi:

- qo‘lbola va nosoz gaz va elektr isitish moslamalaridan foydalanmang;
- isitish moslamalaridan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning tavsiyasi va yo‘riqnomasi talablariga rioya qiling;
- isitish moslamalari yaqinida yonuvchan buyum va oson alangalanuvchi mahsulotlarni saqlamang;
- gaz uskunalarni ulash tartib qoidalariga rioya qiling;
- agar gaz hidini sezsangiz, chiroq va uchqun chiqaruvchi moslamalardan aslo foydalanmang, darhol xonani shamollatish chorasini ko‘ring va bu haqda “104” telefon raqami orqali gaz xizmatiga xabar bering;
- isitish pechlari va ularning mo‘rilarini sozligiga e'tibor bering.

Ushbu qoidalarga rioya etish bilan Siz o‘zingiz va yaqinlaringizni hamda uy-joyingizni yong‘indan asrab qolgan bo‘lasiz, deyiladi murojaatnomada.

 

Mavzuga oid