Ford svetoforlar bo‘lmagan kelajak yo‘llari bo‘ylab harakatlanishni namoyish qildi
Ford kompaniyasi yaqin kelajakda svetoforlar bo‘lmagan yo‘llarda haydovchisiz avtomobillar qanday harakatlanishi ko‘rsatilgan lavhani e'lon qildi.
Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, haydovchilar o‘rtacha hisobda har yili 2 kun svetoforning yashil chirog‘ini kutishda o‘tkazishadi. Shu bilan birga barcha avtofalokatlarning 60 foizga yaqini chorrahalarda yuz beradi.
Kompaniyaning yangi modeli avtomobillarga, joylashgan o‘rnini aniqlab, o‘zaro “gaplashish”ga imkon beradi. Agar mashinalar bir chorrahaga yaqinlashayotgan bo‘lsa, unda elektronika avtomobillar to‘xtamasligi uchun svetoforgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tish uchun mukammal tezlikni hisoblab chiqadi. Kerakli tezlik haqida haydovchiga xabar beriladi.
Mavzuga oid
22:45 / 28.02.2023
Ford krediti to‘lanmagan mashinani kompaniyaga qaytaradigan avtopilotni patentladi
11:52 / 15.02.2023
Ford Yevropada 4000 ga yaqin ish joyini qisqartiradi
13:45 / 03.11.2021
Ford mashinani elektrokarga aylantiradigan elektrodvigatellarni sota boshladi
15:11 / 03.09.2021