Sport | 16:26 / 15.10.2018
4704
2 daqiqa o‘qiladi

Lyov qachon iste'foga chaqirilishi mumkinligi xabar qilindi

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov Millatlar ligasi doirasidagi Fransiyaga qarshi o‘yin natijasidan qat'i nazar, o‘z lavozimida qoladi, deb xabar tarqatdi Bild.

Nashrning aniqlashicha, Germaniya futbol uyushmasi Niderlandiya bilan o‘yindagi yirik mag‘lubiyatni Lyovda jamoani tayyorlantirish uchun kam vaqt qolgani bilan bog‘lagan va 2019 yil martiga qadar murabbiylar shtabini o‘zgartirmaslikka qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 13 oktabr kuni Millatlar ligasi doirasida Niderlandiyaga qarshi kechgan uchrashuvda Lyov jamoasi 0:3 hisobida taslim bo‘lgan, bu natijadan so‘ng terma jamoaning qator salbiy rekordlari yangilangan edi. Xususan, Germaniya o‘z tarixida ilk marta qatorasiga uch uchrashuvda gol ura olmayapti. Jamoa, shuningdek, 2018 yil hisobidan 5-uchrashuvda mag‘lub bo‘ldi va o‘z antirekordini takrorladi.

Yil oxiriga qadar bundestim yana uchta uchrashuv o‘tkazadi. 16 oktabr kuni Millatlar ligasining 4-turida Fransiya maydoniga safar uyushtiradigan jamoa noyabrda Rossiya bilan o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etadi va yuqoridagi musobaqaning so‘nggi turida yana Niderlandiya bilan to‘qnash keladi.

Fransiya – Germaniya o‘yini bahsi, Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.

Mavzuga oid