Andijonda xalqaro qo‘l jangi markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Viloyatda qo‘l jangi sport turi bilan shug‘ullanuvchi yoshlar soni mingdan ziyodni tashkil etadi. Mazkur sport turi bo‘yicha turli xalqaro musobaqalarda g‘olib bo‘layotgan jang ustalarining soni ham ko‘payib bormoqda. O‘tgan oy andijonlik So‘g‘diyona Jaloliddinova, Muhayyo Sotqinboyeva va Farrux Xabibullayevlar Rossiya davlatining Tula shahrida bo‘lib o‘tgan qo‘l jangi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionatida g‘olib va sovrindor bo‘lishdi.
Kuni kecha Andijon shahrida yangi bunyod etilgan xalqaro qo‘l jangi markazi sport majmuasining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.
Sport inshootida maxsus jihozlangan uchta mashg‘ulotlar zalida bir vaqtning o‘zida 150 nafar atlet shug‘ullanish imkoniyatiga ega. Zamonaviy konferents zal, yechinish va yuvinish xonalari xalqaro talablar darajasida jihozlangan.
Majmuaning ochilish marosimida viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etib, qo‘l jangi sport turi mutasaddilari va Rossiya Federatsiyasidan kelgan mehmonlar bilan birgalikda markazda yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.
Elmurod Ermatov, Andijon
KUN.UZ muxbiri
Mavzuga oid
18:09 / 13.09.2024
Andijonda o‘quvchilarni jazo sifatida o‘tirib-turg‘azgan xodimga chora ko‘rildi
14:38 / 12.09.2024
Andijonda darsga kech kelgan qizlar jazo sifatida o‘tirib-turg‘azildi. Bu mumkin emas
12:19 / 10.09.2024
Andijonda homilador ayolning vafoti bo‘yicha prokuratura tekshiruv o‘tkazadi
16:06 / 09.09.2024