Jahon | 00:49 / 17.10.2018
17409
1 daqiqa o‘qiladi

Mariya Zaxarova o‘zbekcha kashtalar tikilgan kiyimi bilan maqtandi

Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vazirligi axborot va matbaa departamenti direktori Mariya Zaxarova xalq san'atini juda yaxshi ko‘rishini aytib, ijtimoiy tarmoqqa so‘zanadan tikilgan chopon kiygan fotosuratini joylashtirdi.

«Xalq amaliy san'atini juda yaxshi ko‘raman. U hayratlanarli tarzda milliy madaniyatning yaxlitligini saqlab qolib, bir vaqtning o‘zida, yon-atrofdagi olam insonlarida tarixiy anglashda umumiylikni ta'kidlaydi. Kutib oling, o‘zbekcha kashta», – deb yozgan Mariya Zaxarova o‘zining Facebook’dagi sahifasida.

Foto: Facebook /maria.zakharova

Zaxarova rossiyalik jurnalistlarga stilistlar, soch turmaklovchilar yoki vizajistlar xizmatidan aslo foydalanmasligini aytib o‘tgan.

Mavzuga oid