Sport | 21:20 / 18.10.2018
30813
1 daqiqa o‘qiladi

12 yoshli grossmeysterga Toshkentdan uch xonali kvartira sovg‘a qilindi - foto

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan «First Saturday GM» xalqaro turnirida o‘zbekistonlik yosh shaxmatchi Javohir Sindorov muvaffaqiyatli ishtirok etib, uchinchi grossmeysterlik talabini bajargani va 12 yoshida jahonning eng yosh xalqaro grossmeysteriga aylangandi.

Yosh grossmeysterni Toshkent shahar hokimligi ajoyib sovg‘a bilan mukofotladi.

Javohirga Toshkent shahrining Sergeli tumani «Chorbog‘» mahallasidagi 102-uydan 3 xonali kvartirani tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Sovg‘ani tantanali topshirish marosimda prezidentning yoshlar, fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqov ishtirok etishdi.

 

Mavzuga oid