USAID investitsiyaviy iqlimni yaxshilash uchun O‘zbekiston hukumatiga taklif bildirdi
17-18 oktabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan «Markaziy Osiyo savdo forumi»da Markaziy Osiyoda AQShning Xalqaro rivojlanish agentligi (USAID) rahbari yordamchisining o‘rinbosari Xaver Pedra O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlik va investitsiya sifatini yaxshilash maqsadida hukumatga taklifini bildirdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«Qarz berish qiyin emas, biroq uni qaytarib olish, ayniqsa o‘z vaqtida va belgilangan shartlar bilan qaytarish doim qiyin bo‘lib kelgan. Ayni paytda biror davlatga investitsiya kiritishdan avval sarmoyaning kelajagida uchraydigan tahdidlar chuqur tahlil etiladi», deydi amerikalik mutaxassis.
Pedraning fikricha, O‘zbekiston ham Qozog‘istonda o‘rnak olib, mustaqil va xususiy shaklda tashkil etiladigan kredit byurosi haqida o‘ylashi lozim.
«Markaziy Osiyo davlatlari, xususan O‘zbekiston ham, Qozog‘istonda mavjud bitta tajribaga e'tibor qaratishi lozim. Qozog‘istonda mavjud kredit byurosi har bir kredit-debit amaliyotidan avval moliyaviy muassasa va sarmoyadorlarga qimmatli ma'lumotlarni taqdim eta oladi. Albatta, uning faoliyati mustaqil bo‘lishi lozim», deydi u.
O‘zbekistonda 2004 yilda Banklararo kredit byurosi va tijorat banklari o‘rtasida axborot ayirboshlanishi hamda kredit tarixi to‘g‘risidagi axborotni taqdim etish tartibi joriy etilgan. Tartib bo‘yicha tijorat banklari bilan oldin tuzilgan kredit shartnomasi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarilishini tavsiflovchi qarzdor to‘g‘risidagi, shuningdek, tijorat banklaridan olingan kreditlarning soni, summasi va holati to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga oladigan axborot byuroda mavjud. Ammo, tartibda ma'lumotlarni sarmoyadorlarga taqdim etish yoxud xorijiy moliyaviy muassasalarga uzatish haqida so‘z yuritilmagan. 2012 yildan e'tiboran hujjat kuchini yo‘qotgan.
Mavzuga oid
19:10 / 13.11.2024
Hindiston fond bozoridagi bum: moliyaviy inqilob shovqini risklarni yopib ketyaptimi?
08:10 / 12.11.2024
O‘zbekistonga Saudiya kompaniyalarining qariyb 2,5 mlrd dollarlik investitsiyalari jalb etiladi
18:32 / 04.11.2024
Tadbirkorlik faoliyatini ro‘yxatdan o‘tmasdan amalga oshirganlik uchun moliyaviy jarima bekor qilinadi
20:55 / 02.11.2024