Sport | 15:29 / 20.10.2018
38433
1 daqiqa o‘qiladi

UFC rahbari Nurmagomedov endi kim bilan jang o‘tkazishi kerakligini aytdi

Foto: Getty Images

Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) rahbari Deyn Uayt rossiyalik jangchi va tashkilotning yengil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmagomedov kim bilan jang o‘tkazishi lozimligi haqida o‘z fikrini bildirdi. Bu haqda u ESPN’ga bergan intervyusida ma'lum qildi.

«Sport ishqibozi sifatida, menimcha, Toni Fergyuson jangga loyiq. Unda kamar bor edi, lekin tizzadagi jarohatidan keyin uni yo‘qotdi. Toni kamarni jangda topshirmadi, xuddi Makgregor kabi. Biroq, Konorda imkoniyat bo‘ldi, shuning uchun aynan Fergyuson Habib bilan oktagonga chiqishga loyiq», - deb hisoblaydi Uayt.

9 oktabr kuni Fergyuson Nurmagomedovga qarshi oktagonga chiqishga tayyor ekanligini ma'lum qildi. Amerikalik o‘zini haqiqiy chempion, deb atadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nurmagomedovning otasi Makgregorni kechirib, uni Dog‘istonga taklif qilgandi.

Mavzuga oid