Qrimdagi kollejda uyushtirilgan hujum videosi e'lon qilindi
VGTRKning Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrimdagi filiali bo‘lmish «Tavrida» telekanali Kerch shahridagi politexnika kollejida sodir bo‘lgan fojianing kuzatuv kameralariga muhrlangan tasvirlarini e'lon qildi.
Kadrlarda ko‘rish mumkinki, ommaviy qotillikni uyushtirgan, shu kollejda o‘qigan Vladislav Roslyakov «Nenavist» (Nafrat) yozuvli futbolkada, yelkasiga katta ryukzak ilgan holda kollejga kirgan, bomba o‘rnatib, uni harakatga keltirgan, o‘qituvchilarini va talabalarni sovuqqonlik bilan otib tashlagan.
Keyinchalik bu kadrlar «Vesti.Krym» va «Rossiya 24» telekanallarining YouTube-kanallaridan, shuningdek, «Vesti.Krym» saytidan ham yo‘qolgan.
17 oktabr kuni Kerchdagi kollejda uyushtirilgan mazkur ommaviy qotillik oqibatida 23 kishi halok bo‘lib, 50dan ortiq kishi jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilgan.
Mavzuga oid
15:53 / 10.09.2024
Yevroittifoq Qrimdagi «saylovlar»ning noqonuniyligini ta’kidladi
08:31 / 28.08.2024
Rossiya Ukraina bilan urush qatnashchilariga Qrimdan yer beradi
08:34 / 17.08.2024
Rossiya 12 ta ATACMS raketasi tomonidan Qrim ko‘prigiga uyushtirilgan hujumni qaytardi
08:28 / 05.08.2024