Jahon | 08:24 / 23.10.2018
14370
2 daqiqa o‘qiladi

Samolyot selfi qilishga uringan ikki qizning o‘limiga sabab bo‘ldi

Foto: El Pionero

Meksikaning Chinipas shahrida ikki qiz uchish-qo‘nish yo‘lagida selfi qilayotgan paytida jiddiy jarohat olib, halok bo‘lishdi. Bu haqda Proceso nashri xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, qizlar Chinipasga mahalliy aeroport yaqinida bo‘lib o‘tayotgan poygalarni tomosha qilish uchun kelishgan. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, poygadan so‘ng ular uchish-qo‘nish yo‘lagiga kirib olib, u yerda selfi qilishmoqchi bo‘lishdi. Suratga olish bilan band bo‘lgan qizlar yengil motorli samolyot yaqinlashib kelayotganini ko‘rishmagan, natijada uning qanoti qizlarning boshiga kelib urilgan va ular voqea joyida halok bo‘lishgan.

Foto: Especial

Nashrdan taxmin qilishlaricha, samolyot ovozi atrofdagi shovqinni bosib yuborgan. Samolyot uchuvchisining qo‘shimcha qilishicha, u qizlarni ko‘rgan, lekin to‘qnashuvdan qochishning imkoni bo‘lmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘lim bilan yakun topgan selfilar soni qaysi davlatda eng ko‘pligi aniqlangandi.

Mavzuga oid