Bir eshik yopilgani – hikmat, ikkinchisi ochilgani – rahmat
Alloh bandasiga bir eshikni o‘z hikmati bilan berkitsa, o‘z rahmati bilan unga ikkita eshikni ochadi.
YouTube’da ko‘rish
Facebook’da ko‘rish
Audio versiyasini tinglash
Buni o‘z hayotingiz misolida kuzatishingiz mumkin. Ne'matlarni bergan Alloh ularni olib qo‘yishga ham haqlidir. Alloh kelajakda sizga ziyoni yetishi mumkin bo‘lgan bir ne'matni olar ekan, uning o‘rniga siz uchun keyin ham foydali bo‘lgan bir nechta ne'matlarni ko‘p kuttirmay ustingizga yog‘diradi. Bu ne'matlar shunchalar totli bo‘ladiki, ularning zavqida olib qo‘yilgan avvalgi ne'matni esdan chiqarasiz. Allohning o‘z bandasiga bo‘lgan muhabbatini namoyon etuvchi bundan ortiq yana qanday dalil kerak?! So‘rasak, beradi. Garchi biz Allohning so‘raganini bermayotgan, ado qilmayotgan bo‘lsak-da. So‘raganlarimizga qo‘shib so‘ramaganlarimizni, so‘rash xayolimizga kelmaganlarini ham beradi. So‘rashdan charchab qolishimiz mumkin. Ammo Alloh berishdan charchamaydi.
Yaxshi insonlar misoli bog‘. Bog‘ uchun begona o‘t bilan gulning farqi yo‘q.U yaxshi yaxshidan, yomon yomondan rang olishini, begona o‘tlar o‘zi uchun zararli ekanini bilmaydi. Alloh ana o‘sha yovvoyi o‘tlarni yulib tashlaydi. Toki uning o‘rnida toza gullar unib chiqsin. Chunki Alloh o‘zi suygan bandasini pokiza holda ko‘rishni istaydi.
Zahiriddin Mansur