Jamiyat | 18:32 / 30.10.2018
6638
4 daqiqa o‘qiladi

Birinchi O‘zbekiston-Rossiya yoshlar biznes forumida qanday kelishuvlarga erishildi?

O‘zbekiston-Rossiya yoshlari o‘rtasida turizm, ommaviy axborot vositalari hamda tadbirkorlik sohalari doirasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, do‘stlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan birinchi O‘zbekiston-Rossiya biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Ikki tomonlama munosabatlar tarixida ilk bora tashkil etilgan birinchi O‘zbekiston-Rossiya biznes forumida Rossiya yoshlar ittifoqi rahbarlari, yetakchi kompaniya va korxonalar rahbarlari ishtirok etishdi.

Forumning kun tartibidan yoshlar tadbirkorligini va turizmini rivojlantirishga doir bir qator istiqbolli islohotlar amalga oshirildi.

“Bir-birimizdan o‘rganadiganimiz ko‘p”

Mamlakatlarimiz o‘rtasida azaldan do‘stona munosabatlar mavjud. Innovatsiyalar, yangi istiqbollar  borasida ham tajribalarimizni do‘stona  almashinishimiz lozim, – deydi Yoshlar masalalari bo‘yicha Federal agentligining moliyaviy-iqtisodiy boshqarmasi bosh mutaxassisi Yelena Shevchenko – xalqlarimiz ham doim iliq munosabatda bo‘lib kelishgan, talashadigan hech nimamiz yo‘q, lekin bir-birimiz bilan bo‘lishadigan, o‘rganadiganlarimiz ko‘p.

Fakt va raqamlar

Birinchi O‘zbekiston-Rossiya yoshlar biznes forumida ikki tomon tadbirkorlari 3kelishuv va 57 dan ortiq hamkorlik aloqalarini mustahkamlash to‘g‘risidagi shartnomalar imzolandi, yoshlar turizmi bo‘yicha hamkorlik qilish maqsadida 45 kelishuv hamda 20 ta shartnoma imzolandi.

Shuningdek, “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi bilan “Skolkovo” hamjamiyati o‘rtasida “Ta'lim - ikki mamlakat o‘rtasida tadbirkorlik va loyihalarni rivojlantirishga eltuvchi yo‘l” dasturi hamda “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi va “Invest Konsalting Realiti” MChJ o‘rtasida “Rossiya va O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes” dasturi doirasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risida muhim memorandumlar imzolandi.

Yoshlar turizmi agentligi kim bilan hamkorlik qiladi?

Forum doirasida Yoshlar turizmi agentligi direktori Kamola Ismoilova va “Kongressorg” kompaniyasi guruhlari rahbari Oleg Almendeyev o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib, shartnoma imzolashdi.

Bundan tashqari ta'lim va farmatsevtika sanoati sohalarida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha kelishuvlar ham imzolandi.

Bugun, 30 oktabr kuni Samarqandning Registon majmuasida bo‘lib o‘tadigan Rossiya  Federatsiyasi  va  O‘zbekiston  Respublikasi  o‘rtasidagi  turistik  oqimni  kengaytirishda  yoshlarning  ahamiyati”  mavzusidagi  amaliy  konferensiyasidan so‘ng turizm sohasida yana bir qator ikki tomonlama kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda.

Mazkur hamkorlik aloqalari yoshlarning ta'lim olishi va o‘zining tadbirkorlik sohasini yo‘lga qo‘yishi uchun bir qancha imkoniyatlar yaratadi.

Ilmiy anjumandan so‘ng mehmonlar va ishtirokchilar uchun hunarmand va rassomlarning ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Dilfuza Sobirova

Mavzuga oid