Jahon | 20:28 / 01.11.2018
84584
2 daqiqa o‘qiladi

Misr ehromlari qanday qurilgani siri ochildi

Foto: RIA Novosti / Fayyed El-Geziri

Qohiradagi Sharq arxeologiyasi Frantsuz instituti va Angliyadagi Liverpul universiteti olimlari qadimiy misrliklar ehromlarni qurishda foydalanganlari taxmin qilinayotgan qurilmani topishdi.   

Arxeologlar misrliklar alebastr olgan, Luksor yaqinidagi karerlardan birida katta yuklarni ko‘tarish uchun qo‘llangan bo‘lishi mumkin bo‘lgan pandus izlarini topishgan. Topilmaning taxminiy yoshi 4,5 ming yilga baholangan.

Konstruktsiya markazida qiya holdagi maydoncha bo‘lib, uning ikki tomonida zinapoyalar va teshiklar bo‘lgan. Teshiklarga yog‘och xodalar tiqilib, ular atrofida arqon o‘ralgan bo‘lishi mumkin. Ko‘p tonnalik bloklar yog‘och “chana”larga mahkamlangan. Shundan keyin quruvchilar arqonlarni tortib, bloklarni 20 gradus burchak ostidagi maydoncha bo‘ylab surishgan.

Olimlar avval ham misrliklar bunday konstruksiyadan foydalangan bo‘lishlari mumkinligini taxmin qilishgan, biroq bu tizimni ilk bor aniqlashdi.

Misr ehromlari sayyoramizda hozirgacha saqlanib qolgan eng qadimiy tosh inshootlaridan biri bo‘lib, uning katta qismi fir'avnlar uchun daxmalar sifatida qurilgan.

Mavzuga oid