Sport | 21:10 / 02.11.2018
9370
2 daqiqa o‘qiladi

APL oktabr oyining eng chiroyli gollarini tanlab oldi

Angliya Premer-Ligasida oktabr oyining eng chiroyli goli muallifi bo‘lish uchun nomzodlar e'lon qilindi.

Ular - Rikardu Pereyra («Lester»), Gilfi Sigurdsson («Everton»), Aaron Remzi («Arsenal»), Andre Shyurrle («Fulhem»), Roberto Pereyra («Uotford»), Riyoz Mahrez («Manchester Siti»), Per-Emerik Obameyang («Arsenal») va Antoni Marsial («Manchester Yunayted»).

Eslatib o‘tamiz, sentabrda «Liverpul» hujumchisi Deniel Starrijning 7-tur doirasida «Chelsi»ga (1:1) qarshi o‘yinda urgan goli oyning eng chiroyli goli deb tan olingandi.

Mavzuga oid