Sayyohlarga nima kerak? O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlar fikri tahlil qilindi
Booking.com ma'lumotlari asosida "Ya Oteler" jamoasi O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan sayyohlar fikrlarini tahlil qildi. Buning uchun sayyohlar orasidagi eng mashhur to‘rt yo‘nalish – Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva tanlandi, deya xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati. Shuningdek mehmonlar uchun sayohat davomidagi ahamiyatli jihatlar ajratib olindi – personal, joylashuv, tozalik, internet, qulaylik, narx va sifat nisbati va b.
Har bir shahar barcha bandlar bo‘yicha yetarlicha baland ballar bilan baholandi. Xususan, mehmonxonalarda xizmat ko‘rsatuvchi personal umumiy hisobda 9.0 ball, tozalik – 8.7 ball, joylashuv 8.8 ballga munosib ko‘rilgan. Faqat “internet” bandi bo‘yicha pastroq ko‘rsatkichlar qayd etilgan: Toshkent shahrida – 6.5, Samarqandda – 6.1, Buxoroda – 6.7 va Xivada 5.6 ball.
Ta'kidlash joizki, O‘zbekistonda bepul Wi-Fi zonasini kengaytirish maqsadlarida Prezidentning 2018 yil 3 fevraldagi 5326-sonli qaroriga ko‘ra, jamoatchilik joylarida Internetga bepul kirish zonalarini yaratgan xo‘jalik sub'yektlariga imtiyozlar taqdim etiladi.
Hujjatga ko‘ra, o‘z hududida bepul Wi-Fi zonasini yaratgan xo‘jalik sub'yektlarining soliq solinadigan bazasi qurilmalar va internet-trafik xaridiga ketgan xarajatlar summasi hisobiga kamayadi.
Mavzuga oid
15:05 / 02.09.2024
Namangandagi Nanay qishlog‘iga “Turizm qishlog‘i” maqomi berildi
23:17 / 08.08.2024
Dunyoning eng qimmat shaharlari e’lon qilindi
23:03 / 18.07.2024
2024 yilda sayyohlar uchun eng xavfli 10 ta shahar e’lon qilindi
11:59 / 07.03.2024