Abdulaziz Komilov Yevropa parlamenti delegatsiyasini qabul qildi
2018 yilning 2 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yevropa parlamentining Markaziy Osiyo davlatlari va Mo‘g‘uliston bilan aloqalar bo‘yicha delegatsiyasi raisi Iveta Grigule-Peterse boshchiligidagi mamlakatga tashrif buyurgan deputatlar guruhini qabul qildi.
TIV xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida 1 noyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan «O‘zbekiston – Yevropa ittifoqi» parlament hamkorlik qo‘mitasining navbatdagi majlisi yakunlariga ijobiy baho berildi. Ta'kidlanganidek, ushbu tadbir ochiq, konstruktiv va ishonchli muloqot ruhida o‘tdi va Oliy Majlis hamda Yevroparlament deputatlariga hamkorlikning istiqbollarini muhokama qilish imkonini yaratdi.
Qayd etilganidek, O‘zbekiston va Yevropa ittifoqi qonunchilari o‘rtasidagi muntazam va samarali aloqalar, amaliy tajriba almashinuvlari ikki tomonlama munosabatlarning muhim qismi hisoblanadi.
Uchrashuvda qo‘shma kun tartibidagi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi. Muzokaralarda YeI delegatsiyasi rahbari, elchi Eduards Stiprays ishtirok etdi.
Mavzuga oid
19:07 / 13.09.2024
Abdulaziz Komilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha vakili bilan uchrashdi
11:10 / 14.08.2024
Abdulaziz Komilov: «Qo‘shnilar bilan hech qanday muammo bo‘lmasligiga erishish – tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi»
22:47 / 13.03.2024
Yevropa parlamenti sun’iy intellekt to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi
15:50 / 20.01.2024