Sport | 23:15 / 05.11.2018
37075
2 daqiqa o‘qiladi

Bokschi nokautdan keyin o‘ziga kelmay hayotdan ko‘z yumdi

Foto: Leonhard Foeger / Reuters

Italiyalik bokschi Kristian Dagio tailandlik raqibi Don Paruyeang bilan jangdan keyin olingan jarohatlardan vafot etdi. Bu haqda BoxingScene nashri ma'lum qildi. 

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, bu WBC talqini bo‘yicha 79,38 kggacha vazn toifasida Osiyo kumush medali chempionligi unvoni uchun jangda yuz bergan. Paruyeang jangning 12-raundida Dagioni nokautga uchratgan, shundan keyin italiyalik bokschi hushini yo‘qotgan. U shifoxonaga yetkazilgan va bir necha kun miyadan olingan og‘ir jarohat sababli komada yotib, so‘ngra jon bergan.  

49 yoshli Dagio faoliyatining aksariyat qismini Tailanddagi musobaqalarda o‘tkazgan. Uning hisobida professional ringda 10 ta jangdan 10 ta g‘alaba bo‘lgan. Sportchi, shuningdek, aralash yakkakurash va muay-tay janglarida ishtirok etgan.

2017 yil noyabrda ham 24 yoshli salvadorlik bokschi Fransisko Ruis hamyurti Rikardo Kortes bilan jangda olingan jarohat tufayli shifoxonada bir necha kun yotgach, vafot etgan.

Mavzuga oid