Light | 09:28 / 05.11.2018
26004
1 daqiqa o‘qiladi

Xorijiy tillarni o‘rganish uchun eng yaxshi yosh ma'lum qilindi

Foto: Getty Images

AQShning Massachusets texnologik universiteti (MIT) neyro- va kognitiv fanlar markazi mutaxassislari xorijiy tillarni o‘rganishni boshlash uchun eng yaxshi yoshni ma'lum qilishdi. 

Olimlar turli millat va yoshdagi 670 ming kishidan yig‘ilgan axborotni tahlil qilish uchun kompyuter modelini yaratishdi. Respondentlar so‘rovnomalarda yoshlari, qancha yildan beri ingliz tilini o‘rganishlarini ko‘rsatishgan hamda xorijiy tilni o‘zlashtirganlik bo‘yicha testlar bajarishgan.

Natijada xorijiy tilni o‘sha tilda so‘zlashuvchilar kabi mukammal egallashda eng katta imkoniyatlarga tilni o‘rganishni 10 yoshgacha boshlaganlar egaligi aniqlangan. 18 yoshdan keyin ham tilni tez o‘rganishga layoqat saqlanib qoladi, biroq uni mukammal egallash ancha qiyinroq bo‘lar ekan. 

Mavzuga oid