O‘zbekiston aeroportlari boshqaruvi xorijiy investorlarga topshirilishi mumkin
O‘zbekiston aeroportlaridagi xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish uchun ularni tanlov asosida tashqi boshqaruv uchun investorlarga topshirish variantlarini ko‘rib chiqish ko‘zda tutilmoqda. Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Prezidentning turizm rivojiga yangicha impuls berishga doir topshirig‘i asosida shu haqida ma'lum qildi.
“Havo yo‘llariga nisbatan jiddiy rejalarimiz bor. Milliy aviatashuvchi aviatsion parkidan foydalanish samaradorligini oshirish bilan birga, muntazam va charter reyslar geografiyasini oshirish uchun xorijiy aviakompaniyalarni jalb qilish. Aeroportlardagi xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish uchun ularni alohida tuzilmaga ajratish, tanlov asosida tashqi boshqaruv uchun investorlarga topshirish variantlarini ko‘rib chiqish ko‘zda tutilgan”, - deydi u.
Shuningdek, Bosh vazir o‘rinbosari yo‘lovchi aviatashuvchi bozorining davlat boshqaruv tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish, institutsional asoslarini takomillashtirish rejalashtirilayotganini ma'lum qildi. Bunda funksiyalarni davlat boshqaruvi, aviatashuvchi va aeroportlarni boshqaruvchi operatorga taqsimlash ko‘zda tutilmoqda.
Bundan tashqari, aviatsiya, temir yo‘l va avtomobil infratuzilmasi hamda zarur kommunikatsiyalar dinamik rivojiga oid dasturlarni ham moliyalashtirish uchun xalqaro moliyaviy institutlarni jalb qilish masalasi ko‘rib chiqiladi.
Mavzuga oid
17:37 / 12.11.2024
O‘zbekiston taksi xizmati eng arzon davlatlar qatoriga kirdi
18:36 / 08.11.2024
Finlandiya aeroportlari GPS tizimidagi uzilishlar tufayli 1960 yillardagi navigatsiyadan foydalanishga o‘tdi
22:36 / 26.09.2024
Chirchiq daryosining 6 km qismida dam olish hududi barpo etiladi
15:05 / 02.09.2024