Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 noyabrdagi qaroriga muvofiq, Sarvarxon Munavarxonovich Buzrukxonov Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Sarvarxon Buzrukxonov ushbu lavozimga tayinlanishidan oldin Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining Moliyalashtirish va buxgalteriya hisobi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
U endi vazirning moliya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hisoblanadi.
Sarvarxon Buzrukxonov 1969 yilda tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, 1993 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Inom Majidovning 4 nafar o‘rinbosari bor. Bular Sarvarxon Buzrukxonovdan tashqari, birinchi o‘rinbosar Odil Abdurahmonov, shuningdek, Kasb-hunar ta'limi markazi direktori Murodilla Xolmuhamedov va fan bo‘yicha o‘rinbosar Uzoqboy Begimqulov hisoblanadi.
Mavzuga oid
19:34 / 09.11.2022
O‘zbekiston-Koreya rektorlari birinchi forumi o‘tkaziladi
13:37 / 14.01.2021
Manba: Inom Majidov Milliy universitetga rektor bo‘lishi kutilmoqda
22:20 / 13.01.2021
Manba: Oliy ta'lim vaziri ham almashishi mumkin
00:45 / 16.06.2020