«Monako» klubi xo‘jayiniga korrupsiya ayblovi e'lon qilindi
Rossiyalik ishbilarmon Dmitriy Ribolovlevga Monako adliyasi tomonidan korrupsiya ayblovi e'lon qilindi va u huquqiy nazorat ostida ozodlikka qo‘yib yuborildi. Bu haqda Agence France-Presse xabar beradi.
Bundan tashqari, Monako adliyasining sobiq rahbari Filipp Narminoga, uning xotini va o‘g‘liga, shuningdek, Ribolovlevning advokati Tatyana Bershedaga ham ayblov e'lon qilingan. Ular ozodlikka chiqarilgan, biroq, huquqiy nazorat ostida bo‘lishadi.
Avvalroq, Ribolovlev Kilian Mbappening transferidan juda katta mablag‘ni o‘zlashtirib olgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
O‘z navbatida «Monako» klubi bu ayblovlarga o‘z munosabatini bildirdi va ularni qat'iy rad qildi.
«Monako» klubi Dmitriy Ribolovlevga e'lon qilingan ayblovni rad qiladi. U Kilian Mbappe transferidan tushgan mablag‘ga qo‘l tekkizmagan. Bu haqda barcha hujjatlarni taqdim qilamiz.
Ribolovlev klub prezidenti bo‘lgach, barcha transferlarga, futbolchilarning maoshi va klub qarzlarini uzishga 335 million yevro sarfladi. Natijada, klubning qarzdorligi 2017 yil 30 iyun kuniga kelib to‘liq bartaraf etildi», - deyiladi bayonotda.
Mavzuga oid
21:13 / 21.10.2024
Rossiyada bankning sobiq rahbari o‘ziga 3 mlrd rubl kredit ajratib, Monakoga qochib ketdi
13:57 / 03.08.2023
«Arsenal» «Monako»ni yengib Amirliklar kubogini qo‘lga kiritdi
23:16 / 09.01.2021
Gretsiya hukumati rossiyalik milliarderga xususiy orolda kurort qurishga ruxsat berdi
18:06 / 03.07.2020