Saudiya Arabistoni koalitsiya samolyotlarini zapravka qilishda AQSh yordamidan voz kechdi
Saudiya Arabistoni podshohligi o‘zi yetakchiligidagi koalitsiya samolyotlarini havoda zapravka qilishda Amerika harbiylari yordamidan voz kechdi. Bu haqda Saudiya Matbuot agentligi xabar qildi.
«Saudiya Arabistoni podshohligi va koalitsiyaga kiruvchi mamlakatlarning o‘z harbiy salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha sa'y-harakatlari bilan havoda mustaqil zapravka qilish imkoni paydo bo‘ldi», - deyiladi xabarda. - «Shu sababdan hamda AQSh bilan maslahatlashuvlardan so‘ng, koalitsiya Amerika tomonini Yamanda harbiy samolyotlarni zapravka qilishda o‘z maxsus samolyotlarini taqdim etmaslikni so‘raydi».
O‘z navbatida, Reuters ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh rasmiylari bu iltimosni qanoatlantirgan.
Mavzuga oid
23:13 / 21.09.2024
Harris saylov kampaniyasida Trampdan uch barobar ko‘p mablag‘ to‘pladi - OAV
20:40 / 21.09.2024
Shimoliy Koreyaga qochib o‘tgan amerikalik askar sharmandalarcha armiyadan haydalgani ma’lum bo‘ldi
17:10 / 21.09.2024
AQShda “politsiyachi” robot jinoyatchini tutib berdi
16:27 / 21.09.2024