Jahon | 23:46 / 12.11.2018
21411
1 daqiqa o‘qiladi

Marokash qiroli Fransiya prezidenti nutqi vaqtida mudrab qoldi (video) 

Marokash qiroli Muhammad VI Birinchi jahon urushi yakunlanganining 100 yilligi munosabati bilan Parijda o‘tgan tadbirda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron nutqi vaqtida mudrab qoldi. 

Ushbu holat videosida qirol AQSh prezidentining rafiqasi Melaniya Tramp bilan bir qatorda yonma-yon o‘tirganini, biroq AQSh birinchi xonimi yonida mudrab qolgan qirolga e'tibor bermayotganini ko‘rish mumkin. Biroq AQSh prezidenti Donald Tramp buni shunday qoldirmagan, u qirolga norozi qiyofada boqayotganini ko‘rish mumkin. 

Ushbu vaziyat yuzasidan internetda ko‘plab hazil-mutoyibalar ham qilishga ulgurildi. 

Yelisey saroyi esa Marokash qirolining bu “erkaligiga” hech qanday munosabat bildirmagan. 

Parijda o‘tgan tadbirda 50 dan ko‘proq davlat yetakchilari to‘planishgan.

Mavzuga oid