O‘zbekiston | 17:43 / 14.11.2018
9631
2 daqiqa o‘qiladi

2025 yilgacha bo‘lgan davrda Turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi muhokamaga qo‘yildi

Milliy turizm sohasi rivoji yo‘lida qulay iqtisodiy sharoitlarni shakllantirishga doir islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, uning raqobatbardoshligi va taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, shuningdek jahon bozorlarida milliy turistik mahsulotlarni kompleks  targ‘ib qilish hamda Vazirlar Mahkamasining topshiriqlarini ijro etish maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan 2025 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonda Turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur loyiha muhokama va takliflar uchun regulation.gov.uz saytiga joylandi.

Turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasi quyidagilarni ko‘zda tutadi:

  1. Turistik faoliyatga doir normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
  2. Respublikaning barcha hududlarida turizm infratuzilmasini rivojlantirish;
  3. Transport infratuzilmasini rivojlantirish, tashqi va ichki transport yo‘nalishlarini kengaytirish, transportda taqdim etiladigan xizmatlar sifatini oshirish;
  4. Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi yo‘lovchi tashuvlar tizimini rivojlantirish;
  5. Turistik bozorning turli segmentlariga yo‘naltirilgan turistik mahsulot va xizmatlar diversifikatsiyasi;
  6. Ichki turizmni rivojlantirish;
  7. Xalqaro va ichki turistik bozorlarda O‘zbekistonning turistik mahsulotlarini targ‘ib qilish;
  8. Turizm sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish.

Loyihaga ko‘ra, Kontseptsiya yetti bosqichda amalga oshiriladi, ularning har biri alohida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanishini ko‘zda tutadi.

Hujjatning to‘liq matni bilan quyida tanishib, soha rivoji uchun xizmat qiluvchi fikr va takliflaringizni qoldirishingiz mumkin.

Mavzuga oid