Inesta «Barselona»ga qaytmoqchi
Yaponiyaning «Vissel Kobe» klubi yarimhimoyachisi Andres Inesta «Barselona»ga qaytish niyati borligini aytdi.
«Yaponiyaga ketmoqchi emasdim, «Barselona» tarkibida yana 10 yil to‘p tepmoqchi edim. Ammo, hozirgi kunda yuqori saviyada o‘yin namoyish qilolmayman. Shu sababli, og‘ir qarorni qabul qilishga majbur bo‘ldim.
Umid qilamanki, yaqin yillarda «Barselona»ga qaytaman. Inesta bo‘lganim uchun emas, balki o‘z pozitsiyamdagi eng yaxshi futbolchi bo‘lganim uchun», - deb Inesta so‘zlarini keltirmoqda La Vanguardia.
Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli Inesta «Barselona» tarkibida 2002-2018 yillarda to‘p tepgan. Joriy mavsumda «Vissel Kobe» tarkibida 13ta o‘yin o‘tkazib, 3ta gol urgan va 2ta golga hammualliflik qilgan.
Mavzuga oid
12:22 / 16.09.2024
«Arsenal» va «Barsa» derbilarda g‘alaba qozondi, Italiyada - tartibsizlik
12:38 / 30.08.2024
«Barsa»dan jiddiy start. Flik chempionlik uchun kurashishini baralla e’lon qildi
18:54 / 09.08.2024
«Barselona» Dani Olmo transferini e’lon qildi
17:50 / 19.07.2024