Sport | 01:29 / 14.11.2018
17545
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya terma jamoasining sobiq darvozaboni sport vaziri etib tayinlandi

Foto: RIA Novosti. Mixail Klimentev

Rossiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Vladimir Gabulov Shimoliy Osetiyaning jismoniy tarbiya va sport vaziri etib tayinlandi. 

35 yoshli Gabulov 12 noyabrda sport faoliyatini rasman tugatishini e'lon qilgan va uning hayotida yangi bosqich boshlanayotganini ta'kidlab o‘tgan.   

Gabulov 2014 yildan beri bu lavozimni vaqtinchalik bajarib kelayotgan, yunon-rum kurashi bo‘yicha 2004 yilgi Olimpiya chempioni Hasan Baroyev o‘rnini egalladi.

Gabulov professional faoliyatini 1999 yilda “Mozdok” klubida boshlagan. U Rossiya chempionatida Moskvaning “Dinamo” va TsSKA, Vladikavkazning “Alaniya”, Krasnodarning “Kuban”, Mahachqal'aning “Anji” va Tulaning “Arsenal” klublarida to‘p surgan. Gabulov o‘ynagan oxirgi klub “Bryugge” bo‘lgan va u bilan 2018 yilgi mavsumda Belgiya chempionligini qo‘lga kiritgan. Sobiq darvozabon TsSKA tarkibida ikki marta Rossiya chempionatida, 2005 yil UYeFA kubogida g‘oliblikni nishonlagan.

Gabulov Rossiya terma jamoasi safida 10 ta o‘yin o‘tkazib, 2008 yilda Yevropa chempionati bronza medali sovrindori bo‘lgan.

Mavzuga oid