O‘zbekistonlik mutaxassis Tojikiston olimpiya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi
O‘zbekistonlik mutaxassis Usmon Toshev Tojikiston olimpiya terma jamoasiga ustozlik qiladigan bo‘ldi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi rasmiy saytida ma'lum qilingan.
53 yoshli murabbiy jamoani Osiyo chempionatiga olib chiqishi kerak bo‘ladi. Saralash musobaqasi 2019 yilning 22-26 mart kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Tojiklar joy olgan «F» kvartetidan saralash mezboni O‘zbekiston hamda Hindiston va Pokiston terma jamoalari ham o‘rin olgan. Guruh g‘olibi 2020 yil Tailandda bo‘lib o‘tadigan qit'a birinchiligiga yo‘llanma oladi. Shuningdek, jami 11 ta guruhda eng yaxshi ko‘rsatkich qayd etgan to‘rtta ikkinchi o‘rin sohibi ham final bosqichiga chiqadi.
Tojikiston olimpiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi yaqin kunlarda o‘z lavozimiga kirishadi.
Ma'lumot uchun, Usmon Toshev faoliyati davomida «Buxoro», «Nasaf» va «Sho‘rtan» kabi klublar bosh murabbiyi sifatida ishlagan. Asli buxorolik mutaxassis 2006 yilda bir muddat O‘zbekiston terma jamoasini boshqargan Valeriy Nepomnyashiyga assistent bo‘lgan, 2014-2015 yillarda Afg‘onistonning «De Maivand Atalan» klubiga ustozlik, o‘tgan mavsumda «Andijon» bosh murabbiyi bo‘lgan. Shu yilning iyunida Toshev 16 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bilan Markaziy Osiyo chempionatida g‘olib chiqqan edi.
Usmon Toshev 2005 yildan buyon «Pro» litsenziyasiga ega. U, shuningdek, FIFA va OFK instruktori hisoblanadi.
Mavzuga oid
19:32 / 31.10.2024
Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun odamlarni ta’qib qilmaslikni talab etdi
14:16 / 31.10.2024
Tojikistonda Counter Strike va GTA videoo‘yinlarini taqiqlash taklif qilindi
19:24 / 21.10.2024
Usmon Toshev – Afg‘oniston milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
15:00 / 19.10.2024