Jahon | 08:10 / 17.11.2018
13096
2 daqiqa o‘qiladi

Qahva mojarosi. Dunyoda yangi blok tashkil etilishi mumkin

Foto: AP

Gonduras prezidenti Xuan Orlando Ernandes Iberoamerika sammitining yig‘ilishi davomida qahva ishlab chiqaruvchilar blokini tashkil etish niyatida ekanini ma'lum qildi. Bu mahsulot uchun jahon bozorlarida «adolatli» narxni ta'minlash uchun kerak, deb xabar beradi RIA Novosti.

Xuan Orlando Ernandes
Foto:  AFP 2018 / RODRIGO ARANGUA

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi paytda qahva bozorida salbiy holat mavjud, shuning uchun qahva ishlab chiqaruvchilar va sohadagi ko‘plab xodimlar jiddiy zarbalarga duch keldi.

«Gonduras qahva kabi muhim mahsulotga nisbatan ancha adolatli narxni himoya qilish uchun mamlakatlar, kompaniyalar va ishlab chiqaruvchilar blokini yaratish maqsadida «salib yurishlari»ni boshlayapti», - deya ma'lum qildi Ernandes.

Gonduras qahva ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi yetakchi o‘ntalikka kiradi. Ta'kidlanishicha, so‘nggi yillarda ushbu mahsulot narxining pasayishi global qahva ishlab chiqaruvchilarga qattiq ta'sir qildi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qahvaning yangi foydasi aniqlangandi.

Mavzuga oid