Sport | 17:10 / 18.11.2018
13494
2 daqiqa o‘qiladi

Makaodagi «Formula 3» Gran-prisida avariya sodir bo‘ldi

Germaniyalik 17 yoshli poygachi Sofiya Flyorsh Makaodagi «Formula 3» poygalari vaqtida trassadan chiqib ketdi

Hodisaga uning avtopiloti boshqa ishtirokchi bilan to‘qnashib ketgani sabab bo‘lgan.

Pilot soatiga 200 km tezlikda harakatlanib, boshqa pilotni ortdan kelib urgan va uning ustidan uchib o‘tib, trassa chetidagi fotosuratchilar xonasiga borib urilgan. Hodisa oqibatida yana 3 kishi jarohatlangan.

Poygachi falokatdan omon qolgan, ayni vaqtda u shifoxonaga yotqizilgan. Uning holati haqida aniq ma'lumot yo‘q, uning umurtqasi singan bo‘lishi mumkin.

Flyorsh — «Formula-3» Gran-prisida ishtirok etayotgan yagona ayol ishtirokchi edi. Bu mavsum uning debyut mavsumidir.