Jahon | 20:32 / 19.11.2018
17095
2 daqiqa o‘qiladi

Ulkan to‘lqinlar sohilda joylashgan mehmonxonaning balkonlarini “yuvib ketdi” 

Internetda Ispaniyaning Tenerife kurortiga yopirilgan kuchli shtorm videosi joylashtirildi.

Videoda yomon ob-havo sababli yuzaga kelgan ulkan to‘lqinlar sohil bo‘yida joylashgan mehmonxonaning pastki qavatlaridagi balkonlarga shikast yetkazayotganini ko‘rish mumkin. 

Kanar orollarida 18 noyabrda to‘lqinlar balandligi 6 metrgacha yetgan. Tenerife orolidagi Garachiko munitsipalitetida sohil bo‘yida joylashgan yo‘llardan biri yopib qo‘yilgan. Mehmonxonalardan birining balkonlari vayron bo‘lgandan keyin u yerdan 40 kishi evakuatsiya qilingan.

Valensiya va Alikanteda yomon ob-havo sababli xavflilikning eng yuqori – “qizil”, Balear orollarida esa “zarg‘aldoq” darajasi kiritilgan. Kanar orollarida meteorologlar ob-havoning yaxshilanishini prognoz qilmoqdalar, u yerda xavflilik darajasi “sariqqacha” pasaytirilgan.

Mavzuga oid