Ilon Mask Marsga jo‘natiluvchi raketasi nomini o‘zgartirdi
Marsga jo‘natilishi rejalashtirilayotgn BFR (Big Falcon Rocket) o‘ta og‘ir raketasi yangi nom oldi. Endi uning boshqariluvchi qismi va yuqori pog‘onalari Starship, qayta qo‘llanuvchi pastki pog‘onasi esa Super Heavy (O‘ta og‘ir) deb ataladi. Bu haqda SpaceX kompaniyasi asoschisi Ilon Mask ma'lum qildi.
Maskning ta'kidlashicha, raketaning pastki pog‘onasi Starship’ni orbitaga olib chiqish uchun kerak, biroq sayyoralararo parvozlar uchun kerak bo‘lmaydi. Maskning aytishicha, Starship’ning bo‘lg‘usi versiyalari boshqa yulduz tizimiga parvoz qila oladi.
Raketaning ilk sinov parvozlari 2019 yilning birinchi yarmida bo‘lib o‘tadi. Mask 2024 yilda Qizil sayyoraga boshqariluvchi kema uchirmoqchi, 2025 yilda esa ilk insonni jo‘natmoqchi.
Mavzuga oid
22:34 / 30.09.2024
Ilon Mask «dronlar to‘dasi» o‘rtasida janglar sodir bo‘lishidan ogohlantirdi
21:50 / 28.09.2024
Braziliya Oliy sudi X ijtimoiy tarmog‘iga yangi jarima belgiladi
23:52 / 19.09.2024
AQSh Maxfiy xizmati Ilon Maskning o‘chirib yuborilgan tviti bo‘yicha tekshiruv boshladi
21:56 / 19.09.2024