Kompyuterda antivirusni o‘chirib tashlovchi virus aniqlandi
“Doktor Veb” kompaniyasi mutaxassislari o‘rnatilishi vaqtida kompyuterdagi antivirus dasturini o‘chirib tashlovchi virus aniqlanganini ma'lum qilishdi.
Linux.BtcMine.174 deb nomlanuvchi ushbu troyan virusi kompyuterga tushganda Linux.BackDoor.Gates.9 deb nomlanuvchi va DDoS-hujumlarda ishtirok eta oluvchi boshqa virusni o‘rnatadi. So‘ngra virus kompyuterda boshqa raqobatchi virus-maynerlarni izlab, ularni yopadi. Keyin esa antivirus dasturlarini qidirib, ularni o‘chirib tashlaydi.
Shundan keyin virus foydalanuvchi bilan “yakkama-yakka qolib”, avtoyuklanishda qayd qilinadi va Monero kriptovalyutasini mayning qilish jarayonini ishga tushiradi. Virus dastur to‘g‘ri ishlayotganini muntazam tekshirib turadi va muammo holatida uni qayta yuklaydi hamda muntazam ravishda yangilanmalarini o‘rnatib turadi. Mutaxassislar yangi virusdan himoyalanish uchun antivirus tizimlarini tez-tez yangilab turishni tavsiya qilishmoqda.
Mavzuga oid
22:13 / 03.10.2024
Ruandada Marburg virusi oqibatida 11 kishi vafot etdi
16:32 / 27.09.2024
Amerikalik olimlar grippdan himoya qiladigan burun spreyini ixtiro qildi
16:23 / 10.09.2024
Televizor pulti yuqumli viruslar manbai ekani tasdiqlandi
13:59 / 31.08.2024