Gibraltar mashmashasi. Ispaniya Brexit bo‘yicha kelishuvni bloklashi mumkin
Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanchesning tvitterdagi sahifasida yozishicha, agar hujjat o‘zgartirilmasa, unda mamlakat Brexit bo‘yicha kelishuv loyihasiga veto qo‘yadi.
Uning aytishicha, Britaniya bosh vaziri Tereza Mey bilan telefon orqali muloqotdan keyin tomonlarning pozitsiyalari «uzoq darajada» saqlanib qolgan. Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, o‘z hukumati mamlakat manfaatlarini «har doim» himoya qiladi.
«Agar o‘zgarishlar bo‘lmasa, Brexit bo‘yicha kelishuvga veto qo‘yamiz», - deya xulosa qildi Sanches.
Ispaniya hukumati loyihada Ispaniya va Britaniya Gibraltar bo‘yicha muloqotni qanday olib borishi yozib qo‘yilmaganidan norozi bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniya Gibraltar tufayli Brexit bo‘yicha bitimni bloklamoqchi ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
21:52 / 17.09.2024
Buyuk Britaniya noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashga 75 mln funt ajratadi
20:09 / 14.09.2024
Britaniyada ayol farzandini «ikki marta tug‘di»
16:34 / 13.09.2024
Britaniya IIV rahbari mamlakatdagi “o‘g‘rilik epidemiyasi” haqida nutq so‘zlayotganda uning hamyonini o‘g‘irlab ketishdi
22:17 / 10.09.2024