Audi va Airbus birinchi uchar taksini sinovdan o‘tkazdi
Amsterdamdagi Drone Week tadbirida Audi, Airbus va Italdesign kompaniyalari Pop.Up Next uchar taksi ishchi prototipini taqdim etdilar. Taklif etilgan servis konsepsiyasi avtomatlashtirilgan elektrokar, dron va chiqarib olinuvchi yo‘lovchi modulidan iborat.
Namoyish etilgan prototip faqat 1:4 masshtabdagi nusxa. Biroq, Audi keyingi o‘n yil mobaynida mijozlar yangi xizmatdan foydalanishi mumkinligiga umid qilmoqda. Uchar taksilar yirik shaharlarda an'anaviy taksoparklarga muqobil sifatida qo‘llaniladi. Ularning afzalligi yo‘nalishni aqlli rejalashtirish va yo‘llar hamda havoda harakatlanish imkoniyati bo‘ladi.
Bunday biznes modeli qanchalik o‘zini oqlashini tekshirish uchun, Audi Voom vertolyot tashuvlariga buyurtma berish kompaniyasi bilan Janubiy Amerikada sinovlar o‘tkazdi. Voom mijozlari Mexiko yoki San-Pauluga parvozlar uchun buyurtma berishdi, shu bilan birga, Audi avtomobili ularni uchish-qo‘nish yo‘lakchasiga yetkazib qo‘yishga tayyor bo‘lgan yoki qo‘nishganida kutib turgan.
Audi uchar avtomobil loyihasini mart oyida Jyenevadagi avtosalonda namoyish etdi. Ushbu prototipning asosi - kapsula-salon, u ikki kishi uchun mo‘ljallangan. Sharoitlarga qarab, yoki g‘ildiraklardagi platformaga, yoki uchar qurilmaga to‘rtta vint bilan ulanadi. Modullar uzoq vaqt ishlatilmasa, mustaqil ravishda zaryad olishga jo‘nashi mumkin.
Mavzuga oid
20:49 / 16.09.2024
Bryusselda Audi zavodining yopilishiga qarshi ish tashlashlar bo‘lib o‘tdi
19:57 / 28.08.2024
Toshkent dunyoda taksi narxi arzon bo‘lgan shaharlar qatoriga kiritildi
07:46 / 18.08.2024
O‘zini o‘zi band qilgan taksichilar bo‘yicha statistika ochiqlandi
20:45 / 09.08.2024