Jahon | 10:30 / 02.12.2018
11004
1 daqiqa o‘qiladi

Argentinaga oddiy reysda uchib kelgan Merkel oddiy restoranda ovqatlandi

Foto: La Nación

Germaniya kansleri Angela Merkel G20 sammiti yakunlanganidan so‘ng Buenos-Ayresdagi taniqli steyk-xauslardan birida ovqatlandi. Uning restoranga tashrifini Todo Noticias telekanali yoritdi.

Restorandagi mijozlarni Merkelning tashrifi vaqtida u yerning oddiy xo‘randalar uchun ham ochiq bo‘lgani hayron qoldirdi. Germaniya kansleri restoranga kichik delegatsiya hamrohligida keldi.  

Steyk-xausga olib boruvchi ko‘chalarda qatnov cheklandi, ammo mijozlarning restoranga kirishlariga ruxsat berildi. Qayd etilishicha, restoranga kirish eshigi oldida kansler bilan suratga tushish uchun ko‘plab mahalliy aholi to‘plangan.  
G20 sammiti 30 noyabr-1 dekabr kunlari Argentina poytaxti Buenos-Ayresda bo‘lib o‘tdi.

1 dekabr kuni Buenos-Ayresga oddiy reysda uchayotgan yo‘lovchilar samolyot ichida Merkelni suratga olishgandi. Avvalroq texnik nosozlik tufayli hukumat samolyoti Berlindan parvoz qilganidan ko‘p o‘tmay qaytib qo‘nishga majbur bo‘lgandi.

Mavzuga oid