Jahon | 00:21 / 05.12.2018
10472
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh raqib suv osti kemalarini qidirishda bakteriyalarni qo‘llamoqchi

AQSh harbiy-dengiz kuchlari instituti mudofaa vazirligining istiqbolli tadqiqot loyihalari boshqarmasi (DARPA) bilan hamkorlikda raqib kemalarining joylashgan o‘rnini aniqlay oladigan kuzatuv va himoya qilish biologik faol tizimlarini ishlab chiqishni boshladi. Olimlarning ta'kidlashicha, zamonaviy texnologiyalar istalgan suv osti obektini kuzatishga va ularning nimaligini bir necha soniya ichida aniqlovchi biologiya himoya tizimini yaratishga imkon beradi. 

Olimlar kema va muayyan turdagi obektlarga xos bo‘lgan metall, yonilg‘i yoki elektr magnit ta'sirga javob beruvchi alohida turdagi bakteriyalarni yaratishni mo‘ljallashmoqda. Okeanlarda bakteriyalardan ma'lumotlarni yig‘ish bilan dronlar shug‘ullanadi. Buning uchun dengiz va havo avtonom qurilmalarini maxsus datchiklar bilan jihozlash rejalashtirilgan. Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, ko‘plab dizel-elektr suv osti kemalari jangovar patrul olib borayotgan hududni aniqlashga imkon beruvchi o‘z qat'iy “izi”ga ega. 

Mavzuga oid