O‘zbekiston | 19:15 / 06.12.2018
6887
3 daqiqa o‘qiladi

“Biz korrupsiyaga qarshimiz” megatanlovining g‘olib va sovrindorlari e'lon qilindi

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Biz korrupsiyaga qarshimiz” megatanlovining g‘olib va sovrindorlari e'lon qilindi.

Rahim Mirmanov “Bolalarning yangi o‘yini” nomli ijtimoiy rolik uchun oliy sovrin sohibi deb topildi.

Shuningdek, quyidagi nominatsiyalarda ham g‘olib va sovrindorlar aniqlandi:

“Eng yaxshi blogpost uchun” nominatsiyasida

1-o‘rin: G‘ayrat Yuldoshev – ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan “Ikki qo‘ldan chiqayotgan qars”, “Mantiqsiz mantiq”lar”, “Korrupsiyani urchitayotgan imtiyozlar” kabi turkum blogpostlari uchun;

2-o‘rin: Aziza Qurbonova – “O‘zi nima gap?” loyihasi uchun;

3-o‘rin: Fozil Jabborov – “Chidagin bolam-a, chidagin!” blogposti uchun.

“Eng yaxshi jurnalistik material uchun” nominatsiyasida  

1-o‘rin: Aziza Bahodirova – “Na postu” gazetasida chop etilgan “Nachinayetsya vse odinakovo” tahliliy maqolasi uchun;

2-o‘rin: Xolida Fayziyeva – “Hurriyat” gazetasida e'lon qilingan “Qush falsafasi. Hatto go‘rkov ham ta'magir” nomli tahliliy maqolasi uchun;

3-o‘rin: Adham Arslonov – “Mahalla” telekanalidagi “Fikrlar chorrahasi” teledasturi uchun.

Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta'lim muassasalari o‘rtasida “Eng yaxshi insho uchun” nominatsiyasida  

1-o‘rin: Mashhura Yusufjonova – Namangan viloyati Chust tumanidagi 3-maktabning 10-sinf o‘quvchisi;

2-o‘rin: Hilola Mamadiyorova – Toshkent viloyati Bekobod yengil sanoat va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji o‘quvchisi;

3-o‘rin: Mahliyo Abduhakimova – Navoiy davlat konchilik instituti akademik litseyi o‘quvchisi.

Oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida “Eng yaxshi insho uchun” nominatsiyasida 

1-o‘rin: Sindor Hamroqulov – Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti;

2-o‘rin: Zulqumar Qalbayeva – Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat universiteti talabasi;

3-o‘rin: Davronbek Qurbonov – Navoiy davlat pedagogika universiteti talabasi.

Barcha g‘olib va sovrindorlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Shuningdek, “Eng yaxshi insho” yo‘nalishida g‘olib bo‘lgan ishtirokchi ta'lim olayotgan Namangan viloyati Chust tumanidagi 3-maktab ham moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilash maqsadida 10 million so‘m pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.

Avvalroq Adliya vazirligi tomonidan bilimdon fuqarolarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan tanlov g‘olibi Malayziyaga ikki kishilik yo‘llanmani qo‘lga kiritgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid