Jamiyat | 11:30 / 06.12.2018
11585
1 daqiqa o‘qiladi

Fuqaroni «Captiva»ga chuv tushirib ketishdi

Buxoro shahrida 3 dekabr kuni A.Somiy ko‘chasida yashovchi fuqaro F.S. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

U shu yil 19 iyul kuni Buxoro tumanida yashovchi J.S. fuqaro F.S.ga tegishli “Captiva” rusumli avtomashinasini 31 000 AQSh dollariga sotib olishini, oldindan 2 000 AQSh dollarini berib, qolgan 29 000 AQSh dollarini 3 kun ichida berishini aytib, aldov yo‘li bilan ishonchiga kirib, avtomashinani olib ketganligini va shu kunning o‘zida avtomashinani boshqa shaxsga sotib yuborganligini ma'lum qilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida J.S. qo‘lga olingan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid