Jamiyat | 08:21 / 08.12.2018
13889
2 daqiqa o‘qiladi

Qalbaki hujjat tayyorlagan fuqaro qo‘lga olindi

Foto: Flickr

2018 yil noyabr oyda Farg‘ona viloyati, Buvayda tumanida yashovchi G‘.Z. Rishton tumanida yashovchi 4 nafar fuqarolarning nomiga traktor va tirkamalarni rasmiylashtirish uchun qalbaki ravishda tayyorlangan texnik pasportlar va oldi-sotdi shartnomalarni Inspektsiyaning Farg‘ona viloyati, Rishton tuman bo‘limiga taqdim etgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, fuqaro G‘.Z. o‘z aybiga iqror bo‘lib, ushbu qalbaki hujjatlarni Andijon viloyati, Andijon shahrida yashovchi G.G.dan 200 ming so‘mga sotib olganligini bildirib, bu haqida ariza bilan murojaat qilgan.

Fuqaro G‘.Z.ning arizasiga asosan o‘tkazilgan tadbirda, Andijon shahrida yashovchi G.G. tanishi G‘.Z.ga fuqaro X.A. nomiga «T-28x4m» rusumli traktorga egalik huquqini beruvchi qalbaki texnik pasport va oldi-sotdi shartnomani 200 ming so‘m evaziga sotayotgan vaqtda xolislarning ishtirokida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro G.G. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid