O‘zbekiston | 09:00 / 08.12.2018
42607
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«MMS AGRO» O‘zbekiston bo‘ylab achchiq qalampirlarni cheklanmagan miqdorda xarid qilmoqda

2018 yilgi dehqonchilik yilida O‘zbekistonning 15 ming gektardan ortiq ekin maydonlariga xorijiy va mahalliy navdagi achchiq qalampir ko‘chatlari qadaldi. So‘nggi oylarda O‘zbekistonning turli OAV, jumladan Kun.uz saytida ham respublikada achchiq qalampir yetishtirish borasidagi yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, fermerlarning kasodga uchrayotgani, yetishtirilgan hosilni xarid qiluvchi yo‘qligi xususida qator tanqidiy maqolalar e'lon qilindi. 

Biroq 2018 yil oktabr-noyabr oylari davomida ushbu masalaga bag‘ishlab o‘tkazilgan qator tadbirlarda bir necha firma yetishtirilgan achchiq qalampir hosilini xarid qilayotganlari, katta hajmda eksport shartnomalari borligi, ularni ijrosini ta'minlash uchun hosil topish masalasi paydo bo‘lganini aytishdi.  

Kun.uz sayti tasvirga olish guruhi shunday firmalardan biri «Mingbuloq meva-sabzavot agroeksport» - «MMS AGRO» MChJ faoliyati bilan tanishdi. 

Video: Youtube

Ma'lum qilinishicha, «MMS AGRO» MChJ tomonidan respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan fermer va dehqon xo‘jaliklaridan xorijiy va mahalliy navdagi achchiq qalampir hosilini cheklovsiz miqdorda xarid qilmoqda. Biz, jumladan firmaning Namangan viloyatidagi qabul qilish shoxobchasida mahsulotlar saralab qadoqlanayotgani va eksportga shay holatga keltirilayotganiga guvoh bo‘ldik. Sifatli achchiq qalampirlar qoplarga solinib, omborxonalarga taxlanmoqda.  

«Korxonamizda shu kungacha, qariyb 5 ming tonna achchiq qalampir sotib olinib, xorijga eksport qilishga tayyorlandi. Ayni paytda chet el bilan 35 ming tonna qalampir yetkazib berish bo‘yicha kelishib olingan», - deydi jamiyat rahbari Mirzaolim Yaqubjonov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda firma Turkiyaga 49 mln AQSh dollariga teng achchiq qalampirni yetkazib berish bo‘yicha shartnomani bajarish ustida ish olib borayotgan bo‘lsa, malayziyalik tadbirkorlar bilan 7 mln dollarlik shartnoma imzolangan. Bu kabi ishlar firmaning Qoraqalpog‘istondagi bo‘limi tomonidan ham amalga oshirilmoqda.
Yaqinda «O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniyasida xorijlik tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ham O‘zbekistonda yetishtirilgan achchiq qalampirni uzluksiz yetkazib berish masalasi muhokama qilingan edi. Jamiyatda 400 kishi mavsumiy ish bilan ta'minlangan bo‘lsa, 45 kishi esa doimiy mehnat qilib kelmoqda. 

Biz, shuningdek, firma buyurtmalarini shartnoma asosida bajarayotgan Yangiyo‘l tumanidagi «Grand Ecoproduct» firmasiga ham tashrif buyurdik hamda achchiq qalampirni qayta ishlash jarayoni bilan bevosita tanishdik.

«Biz bu yerda sotib olingan achchiq qalampirlarni qayta ishlab, qadoqlab, xaridorlarga yetkazib berish uchun tayyorlayapmiz. Achchiq qalampirdan «Adjika», achchiq qalampir konservalari, achchiq qalampir pastasi ishlab chiqarilmoqda», - deydi Anvar G‘ofurov.

Biroq, mavjud buyurtmalarni bajarish uchun yetarli darajada xom-ashyo topish muammo bo‘lmoqda. «Buning sababi nimada bo‘lishi mumkin?». Fermerlarning aksariyati achchiq qalampir yetishtirishda agrotexnika qoidalariga rioya qilmagan. Shu boisdan ham hosil miqdori kam bo‘lgan. Qolaversa, aksariyati xaridor yo‘q, degan vaj bilan qalampir ekilgan maydonlarni hosilni yig‘ib olmasdan shudgor qilib yuborgan. Buning oqibatida ayni vaqtda shartnomani bajarish uchun zarur miqdorda qalampir topish MChJ oldidagi jiddiy muammolardan biri bo‘lib turibdi.

«Grand Ecoproduct» firmasi texnologi Po‘lat Abduxalilovga ko‘ra, achchiq qalampirdan konserva hamda achchiq pasta tayyorlash jarayoni to‘liq nazoratda bo‘lib, Yevropadan keltirilgan texnologiya asosida ishlab chiqariladi. Achchiq pasta 210 kg.lik maxsus qoplarga aseptik tarzda qadoqlanadi. Undan har 10 daqiqada namuna olinib, shu yerning o‘zidagi laboratoriyada tekshirib turiladi. Qayd etish o‘rinliki, achchiq qalampirdan pasta olish O‘zbekistonda ilk bor o‘zlashtirildi.

Lavhamiz so‘ngida O‘zbekistonda achchiq qalampir yetishtirgan fermerlarga aytmoqchi bo‘lganimiz shuki, agar sizda achchiq qalampir hosili bo‘lib, unga xaridor topa olmayotgan bo‘lsangiz, respublika bo‘ylab cheklanmagan miqdorda achchiq qalampir sotib olayotgan «MMS AGRO» MChJning har bir viloyatdagi vakillariga murojaat qiling. 

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid